«Atletiko» Meyson Grinvudga qiziqish bildirmoqda

«Marsel» pul etishmovchiligi sababli shu yozda Meyson Grinvudni sotib yuborishi mumkin.
L’Équipe xabariga ko'ra, Frantsiya klubi o'z to'purari uchun 50 million evro talab qilmoqda. Yaqin vaqt ichida «Atletiko» uni sotib olish bo'yicha faol harakatlarni boshlash niyatida. 24 yoshli ingliz vingeriga, shuningdek, futbolchiga bo'lgan huquqlarning 40 foiziga egalik qiluvchi «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
Vaziyatni, shuningdek, «Fenerbaxche» va «Roma» klublari ham kuzatib bormoqda. Liga 1 ning o'tgan mavsumida Grinvud 32 ta o'yinda 16 ta gol urdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar