"Atletiko" mavsumdagi ilk g'alabasiga erishdi. Keyingi raqib - "Liverpul"

"Atletiko" mavsumda ilk bor g'alaba qozondi.
Bugun Diego Simeone jamoasi La Liganing 4-turida "Vilyarreal"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Avvalroq, madridliklar "Espanol"ga (1:2) mag'lub bo'lgan, "Elche" (1:1) va "Alaves" (1:1) bilan durang o'ynagan edi.
17 sentyabr kuni "Atletiko" Chempionlar ligasi umumiy bosqich 1-turi doirasida "Liverpul" mehmoni bo'ladi.