"Atletiko" "Manchester Yunayted"ga ultimatum qo'ydi

Madridning "Atletiko" klubi "Manchester Yunayted"ga Konor Gallaxer bo'yicha taklif bilan chiqdi.
Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, agar "qizil iblislar" xavbekni qo'lga kiritishni istashsa, unda to'laqonli transferni rasmiylashtirishlariga to'g'ri keladi. "Matraschilar" Gallaxerni ijaraga berishga tayyor emas.
Avvalroq, "Atletiko" Konor uchun taxminan 30 mln evro ishlab olmoqchi ekani ma'lum bo'lgandi. Summa katta emas, shuning uchun "MYu" Gallaxerni shu qishda o'z safiga qo'shib olishi ehtimoli bor.