"Latsio" chap qanot himoyachisi Nuno Tavaresh faoliyatini "Atletiko Madrid"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, "matraschilar" vakillari potentsial bitim shartlari haqida ma'lumot so'rashdi.

Hozircha bu shunchaki qiziqish bilan cheklangan - aniq muzokaralar olib borilmayapti. "Latsio" Tavareshni 2025 yil yozida Londonning "Arsenal" klubidan 5 million evroga sotib olgan edi.