"Atletiko Madrid"ning sobiq bosh murabbiyi Flikning kamchiligini aytdi

"Atletiko Madrid"ning sobiq bosh murabbiyi Xorxe D'Alessandro "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning zaif tomonini aytdi.
La Liganing so'nggi turida Kataloniya klubi "Sevilya"dan yirik 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
"U Ispaniya muhitini va bu erda ishlar qanday ketayotganini tushunmaydi. Flik taktika, Germaniya, Chempionlar ligasi haqida ko'p narsalarni bilishi mumkin, ammo bu butunlay boshqa masala. Bu erda o'yinni his qilish kerak", - dedi ekspert.