Ispaniyaning «Atletiko Madrid» klubi yangi mavsum oldidan o'tkaziladigan nazorat uchrashuvlari taqvimini e'lon qildi.

Madridliklar mavsum oldi tayyorgarlikning so'nggi bosqichida safarda Frantsiyaning «Marsel» klubiga qarshi maydonga tushadi.

«Atletiko Madrid»ning mavsum oldi o'yinlar jadvali:

  • 29 iyul: «Xetafe»ga qarshi («Serro del Espino» stadioni)

  • 1 avgust: «Manchester Yunayted»ga qarshi (Stokgolm, Shvetsiya)

  • 9 avgust: «Manchester Siti»ga qarshi (Seul, Janubiy Koreya)

  • 14 avgust: «Olimpik Marsel»ga qarshi («Velodrom» stadioni, Frantsiya)

Manba: Stadion.uz