"Atletiko Madrid" "Pari Sen-Jermen" hujumkor yarim himoyachisi Li Kang-Inni sotib olishga qiziqmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi "matraschilar"ning asosiy transfer maqsadiga aylangan.

"PSJ" janubiy koreyalik futbolchi uchun 40-50 million evro so'ramoqda va futbolchining o'zi klubini o'zgartirishga tayyor.

"Atletiko Madrid" parijliklarga sotib olish imkoniyati bilan ijara shartnomasini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Transfermarkt turli pozitsiyalarda o'ynay oladigan Li Kang-Inning narxini 25 million evro deb baholamoqda.

Yarim himoyachi ilgari Ispaniyada o'ynagan, Parijga o'tishdan oldin "Malorka" va "Valensiya" sharafini himoya qilgan.