"Atletiko" "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan ikki futbolchisini yo'qotdi

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing shanba kungi "Vilyarreal"ga (2:0) qarshi o'yinida hujumchi Xulian Alvares va himoyachi David Gantsko jarohat olgani haqidagi savolga javob qaytardi.
Argentinalik forvard tanaffusda zaxiraga olindi, slovakiyalik markaziy himoyachi esa 76-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
"Alvares va Gantskoning jarohatlari? Ertaga bilamiz. Umid qilamanki, jiddiy narsa yo'q. Menimcha, bu kichik jarohatlar. Gantsko to'pig'ini qayrib oldi, tafsilotlar ertaga ertalab ma'lum bo'ladi," - dedi Simeone matbuot anjumanida.