«Atletiko» Li Kan-In bo'yicha «PSJ»dan javob oldi

«Pari Sen-Jermen» «Atletiko»dan yarim himoyachi Li Kan-Inning transferi bo'yicha taklif oldi. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo gazetasi xabar bermoqda.
Avvalroq «matraschilar» janubiy koreyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Manbaga ko'ra, «Atletiko» Frantsiya chempioniga Kan-In uchun 25 million evro taklif qilgan. Biroq bu variant klubni qoniqtirmaydi. Xabar berilganidek, «PSJ» o'z futbolchisi uchun kamida 35 million evro ishlab olmoqchi.
O'tgan mavsumda Kan-In «PSJ» safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va sheriklariga besh marta golli uzatma berdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar