"Atletiko" 10-turdan keyin La Liga peshqadamidan 8 ochko ortda qolmoqda.

Bugun Madrid klubi Ispaniya chempionatining 10-turida "Betis"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Diego Simeone jamoasi 19 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o'rinda bormoqda va peshqadam "Real"dan 8 ochko ortda qolmoqda. Ikkinchi o'rinni 22 ochkoga ega "Barselona", uchinchi o'rinni "Vilyarreal" (20) egallab turibdi.

"Atletiko" keyingi turda "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi. O'yin 1 noyabr kuni bo'lib o'tadi.