«Atletiko» Kone uchun 45 million evro taklif qildi

Ispaniyaning «Atletiko» klubi «Roma»ga 25 yoshli yarim himoyachi Manu Kone transferi bo'yicha taklif yubordi. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar bermoqchi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «matraschilar» 45 million evro taklif qilishgan, biroq frantsiyalik futbolchining o'zi bu o'tishni rad etgan. Shu bilan birga, agar u fikridan qaytsa, muzokaralar zudlik bilan qayta tiklanadi.
Konening o'zi Angliya Premer-ligasiga o'tishni xohlamoqda. Avvalroq u «Arsenal»ga rozilik bergan edi, ammo «kanonirlar» «Roma» bilan muzokaralarda oldinga siljishmadi. Shuningdek, «Chelsi» va «Tottenxem» ham bu borada vaziyatni o'rganib chiqqan.
O'tgan mavsumda Kone barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar