"Atletiko" kelasi yozda "Barselona" futbolchisini tekinga o'z safiga qo'shib olmoqchi

29 yoshli Andreas Kristensen yozda "Atletiko"ga o'tishi mumkin. Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi - uni uzaytirish bo'yicha muzokaralar hozirda olib borilmayapti.
Himoyachi "Barselona"da to'rtinchi yilni o'tkazmoqda - Xans-Diter Flik davrida u asosiy tarkibga kamdan-kam kiritilmoqda. O'tgan mavsumda u La Ligada atigi beshta o'yin o'tkazdi.
Kataloniyaliklardan oldin Kristensen besh yil Angliya chempionatida o'ynagan - "Chelsi"da rotatsiya o'yinchisi bo'lgan. Shuningdek, u Daniya terma jamoasining asosiy himoyachisi hisoblanadi - 94 ta o'yin.