«Atletiko» joriy mavsumda «Barselona»ni ham Chempionlar ligasidan, ham Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi.

Madridliklar EChL chorak finalining ikki o'yini natijasiga ko'ra kataloniyaliklar ustidan umumiy 3:2 (2:0, 1:2) hisobida g'alaba qozonishdi.

Ispaniya kubogida esa «Atletiko» umumiy 4:3 (4:0, 0:3) hisobi bilan zafar quchgan edi.