«Atletiko» Ispaniya terma jamoasining ikki himoyachisidan birini tanlashi kerak

Madridning «Atletiko» klubi himoyaning chap qanotini kuchaytirish niyatida. «Matraschilar» allaqachon «Chelsi» a'zosi Mark Kukurelya va «Bayer» vakili Alexandro Grimaldo bilan shartnoma imzolash ustida ish olib borishmoqda, deb xabar beradi jurnalist Matteo Moretto.
Jamoaning ustuvor maqsadi «ko'klar»ning 27 yoshli futbolchisi bo'lib turibdi, biroq uni sotib olish oson bo'lmaydi: londonliklar uning uchun ancha baland narx belgilashgan, qolaversa, futbolchining maosh bo'yicha talablari ham yuqori.
Grimaldo esa moliyaviy jihatdan ancha qulay variant hisoblanadi: «farmatsevtlar»ning 30 yoshli etakchisi Ispaniyaga qaytishni istamoqda, uning amaldagi shartnomasi esa bor-yo'g'i bir yildan so'ng yakuniga etadi. Transfermarkt portali Kukurelyaning narxini 50 million evro, Grimaldonikini esa 20 million evro deb baholagan. Ikkala futbolchi ham Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 uchun qaydnomasidan joy olgan.