Madridning "Atletiko" klubi forvardi Salim El-Jebari "Mirandes" futbolchisiga aylandi.

Segundaning rasmiy sayti xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi 1 yillik ijara shartnomasini imzolagan.

U o'tgan mavsumda "Kartaxena"da ijarada o'ynab, barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.