Madridning "Atletiko" klubi yanvar oyidagi transferlar vaqtida yangi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Marca xabariga ko'ra, "matraschilar" short-listiga hozirda "Atalanta" sharafini himoya qilayotgan Ademola Lukman va "Nottingem Forest" a'zosi Igor Jezus kiritilgan.

Klub shuningdek yarim himoya uchun "Bavariya"dan Leon Goretska variantini ham ko'rib chiqmoqda.