«Atletiko» himoyachisiga Evropaning 5 ta top-klubi qiziqmoqda

Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Mark Pubil transfer bozorida xaridorlar nishoniga aylandi. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchi xizmatiga Evropaning beshta top-klubi – «PSJ», «Barselona», «Liverpul», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 28 million evroga baholamoqda. Futbolchi va madridliklar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda Pubil barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.