«Atletiko» himoyachisi vatanida tengsiz deb topildi (foto)

«Atletiko» himoyachisi David Gantsko Slovakiyaning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
28 yoshli futbolchi o'tgan yili milliy terma jamoa safida o'tkazilgan 7 ta o'yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
David Gantsko Slovakiya terma jamoasi libosida jami 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 bor ishg'ol etgan.
