"Atletiko" himoyachisi "Atletiko Baleares"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat oldi

Kleman Langle Ispaniya kubogi bahsida jarohat oldi.
"Atletiko" musobaqaning 1/16 finalida "Atletiko Baleares" mehmoni bo'ldi (3:2).
Frantsiyalik himoyachi tizzasidan olgan jarohati sabab 10-daqiqada David Gantskoga almashtirildi.
Langle tekshiruvdan o'tkaziladi, klubda esa ba'zi xavotirlar bor, deb yozadi AS.
"Kleman Langle o'ng tizzasining bilvosita jarohati (chiqib ketishi) tufayli maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Futbolchi yakuniy tashxis qo'yish uchun keyingi tekshiruvlar natijalarini kutmoqda," - deyiladi "Atletiko" xabarida.