«Atletiko» Grimaldo uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi

«Bayer» himoyachisi Alexandro Grimaldo Madridning «Atletiko» klubiga o'tish arafasida turibdi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ma'lum qildi.
Yaqin vaqt ichida 30 yoshli ispaniyalik futbolchi «matraschilar» bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik mehnat shartnomasini imzolaydi. Transfer summasi bonuslar bilan birga 20 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.
O'tgan mavsumda Grimaldo barcha turnirlarni hisobga olganda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda Grimaldo Ispaniya terma jamoasi safida JCh-2026 da ishtirok etmoqda. Biroq Kabo-Verdega qarshi kechgan birinchi o'yinda (0:0) u maydonga tushmadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar