Madridning "Atletiko" klubi o'ng qanot himoyachisi Markos Lorente safdan chiqdi.

Marca xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchining mushaklarida muammolar paydo bo'lgan. Jarohatdan futbolchining qancha vaqtda sog'ayishi noma'lum.

Lorente joriy mavsumda jami 17 ta o'yinda 3 tadan gol va assist muallifi bo'ldi.