«Atletiko» Madrid klubi «Atalanta»ning 29 yoshli yarim himoyachisi Ederson uchun 35 million evro va qo'shimcha 3 million evro bonus taklif qilmoqchi.

Bergamo klubi esa o'z futbolchisi uchun 50 million evro talab qilmoqda.

Ispaniya klubi allaqachon futbolchi bilan yillik maoshi 5 million evro bo'lgan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Shuningdek, kelishuvda 2 million evro miqdoridagi imzo bonusi ham ko'zda tutilgan.

Joriy mavsumda Ederson A Seriyaning 23 ta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.