"Atletiko" derbida farqni qisqartirishi mumkin

"Atletiko" La Liga turnir jadvalida "Real"dan 9 ochko ortda qolmoqda.
Diego Simeone jamoasi La Liga doirasida o'z maydonida "Rayo Valekano" (3:2) ustidan Xulian Alvaresning xet-triki evaziga irodali g'alabaga erishdi.
"Atletiko" ochkolarini 9 taga etkazib, 9-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Real"gacha - 9 ball. Ikkinchi o'rinda borayotgan va zaxirasida bir o'yini bor "Barselona" bilan 4 ochko farq bor.
27 sentyabr kuni "Atletiko" Madrid derbisida "Real"ni qabul qiladi.
