«Atletiko» bosh direktori Migel Anxel Xil Xulian Alvares bu yozda klubni tark etmasligini ma'lum qildi. Avvalroq «Barselona»ning argentinalik hujumchiga qiziqishi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq Madrid klubi uning sotilishini mutlaqo istisno qilmoqda.

«Mening pozitsiyam aniq, klubning pozitsiyasi ham aniq. Biz buni futbolchiga, uning vakillariga va «Barselona» prezidentiga etkazdik. «Atletiko» Xulian uchun to'g'ri joy ekaniga, Xulian esa «Atletiko» uchun ideal hujumchi ekaniga mutlaqo shubham yo'q. Biz uni saqlab qolmoqchimiz.

Yaqinda «Barsa» prezidentining «Atletiko»ga qilgan taklifi cheksiz emasligi haqidagi so'zlarini eshitdim. Mening yagona javobim shuki: bizning rad javobimiz — cheksiz. Biz uni sotmoqchi emasmiz. Biz 100 million evrolik taklifni qabul qilmadik va na 150, na 200 million evrolik taklifni qabul qilamiz», — dedi Xil.

Manba: Stadion.uz