"Atletiko" "Bavariya" futbolchisini tekinga olmoqchi

Madridning "Atletiko" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretskani o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda AS.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida erkin agent maqomida klubga o'tishi mumkin, chunki "Bavariya" Goretska bilan 2026 yilning iyunida tugaydigan shartnomani uzaytirish niyatida emas.
Qayd etilishicha, futbolchi atrofidagi vaziyatni "Yuventus" va "Napoli" ham kuzatib bormoqda.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Gorettskaning ayni damdagi narxi 15 million evroga baholanmoqda.
Gorettska 2025/26 yilgi mavsumda "Bavariya" safida 22 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakat qilmadi.