UEFA seshanba kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar nomini e'lon qildi.

«Atletiko» va «Barselona» (birinchi o'yin – 2:0) o'rtasidagi bahsni Kleman Tyurpen boshchiligidagi frantsiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Nikolya Dano va Benjamen Paj yordam berishadi, to'rtinchi hakam — Mate Vernis. VAR tizimi uchun Jerom Brizar va Villi Delajo mas'ul etib belgilandi.

«Liverpul» va «PSJ» o'rtasidagi uchrashuv esa italiyalik Mauritsio Marianiga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Daniele Bindoni va Alberto Tegoni yordam beradi, zaxira hakami — Matteo Marketti. VARga Marko Di Bello va Aleandro di Paolo tayinlandi.