«Atletiko» Argentina terma jamoasi himoyachisi bilan tarkibini kuchaytirishi mumkin

Londonning «Tottenxem» klubiga tegishli bo'lgan argentinalik markaziy himoyachi Kristian Romero Angliyani Ispaniyaga almashtirishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, Madridning «Atletiko» klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. 27 yoshli himoyachining transfer qiymati 50 million evroga baholanmoqda, uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2029 yilning iyun oyi yakunigacha mo'ljallangan.
Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida Kristian Romero «Tottenxem» safida 23 ta o'yinda maydonga tushdi. Himoyachi bo'lishiga qaramay, u o'z hisobiga to'rtta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.