«Atletiko» Antuan Grizmann o'rniga nomzodlar ro'yxatini shakllantirdi

«Atletiko» MLSga yo'l olayotgan Antuan Grizmann o'rniga nomzod qidirishga tushdi.
Diario Sport nashrining xabar berishicha, madridliklar «PSJ» a'zosi Li Kan Inni sotib olmoqchi. Shuningdek, «matraschilar» qiziqishlari doirasida Meyson Grinvud («Marsel») va Ferran Torres («Barselona») ham bor.
Grizmann shu yozda «Atletiko»ni tark etadi va faoliyatini «Orlando» klubida davom ettiradi.