"Atletiko" Alvares uchun qancha olmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi

Manbalarga ko'ra, Madridning "Atletiko" klubi urugvaylik 25 yoshli hujumchi Xulian Alvaresni 200 mln evroga baholagan. So'nggi paytlarda futbolchiga "Barselona" faol qiziqish bildirayotgan edi.
Insayderlar ma'lumotiga ko'ra, endi "ko'k-anorranglilar" bitimning qimmatligi sababli undan voz kechadi. "Barselona" futbolchi uchun 200 mln evro to'lashga tayyor emas.
Bu mavsumda Alvares "Atletiko" safida 20 ta o'yinda maydonga tushdi. Hujumchi hisobida 10 ta gol va 4 ta assist mavjud.