"Atletiko" La Liganing dastlabki ikki o'yinida ochko yo'qotdi.

Diego Simeone jamoasi bugun o'z maydonida "Elche" bilan durang o'ynadi - 1:1. Ular chempionatning dastlabki turida "Espanol"ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi (1:2).

Shu tariqa, madridliklar ikki turda atigi 1 ochko jamg'arishdi. Ular oxirgi marta 2011 yilda mavsumni bunday zaif boshlagan edi.

30 avgust kuni "Atletiko" "Alaves" mehmoni bo'ladi.