"Atletiko" La Ligada so'nggi yillardagi eng yomon startlardan birini amalga oshirdi.

"Matraschilar" Ispaniya chempionatining 8-turida safarda "Selta" bilan durang o'ynadi (1:1).

"Atletiko" ochkolarini 13 taga etkazib, 3 ta g'alaba bilan turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.

Bu 2011/12 yilgi mavsumdan beri La Ligadagi dastlabki 8 o'yindan keyin madridliklarning eng zaif natijasi. O'shanda jamoa hisobida 12 ochko bor edi.