«Atletiko» 20 yillik tanaffusdan so'ng «Kamp Nou»da g'alaba qozondi

«Atletiko» 2006 yildan beri ilk bor «Kamp Nou»da «Barselona»ni mag'lub etdi. Diego Simeone shogirdlari Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida mehmonda «blaugrana» ustidan g'alaba qozonishdi (2:0).
Bu madridliklarning kataloniyaliklar uy stadionidagi so'nggi 26 ta o'yinda qo'lga kiritgan ilk g'alabasidir. Ta'kidlash joizki, 2024 yilda «Atletiko» La Liga doirasida safarda «Barsa»ni mag'lub etgan (2:1), biroq o'sha o'yin «Monjuik» stadionida bo'lib o'tgan edi.
Oxirgi marta madridliklar 2006 yilning 5 fevralida Ispaniya chempionati doirasida mehmonda 3:1 hisobida zafar quchishgan, o'shanda Fernando Torres dubl qayd etgan edi.