«Atletiko» XXI asrda «Barselona» ustidan eng yirik g'alabasini qo'lga kiritdi.

Diego Simeone jamoasi Ispaniya Kubogi yarim finalida kataloniyaliklarni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Madridliklar oxirgi marta «blaugrana»ni 3 ta to'p farqi bilan 2003 yilning fevralida, 4 ta to'p farqi bilan esa 1989 yilda mag'lub etishgan edi. Bundan ham yirikroq g'alaba (6:0) faqat 1941 yilda qayd etilgan.