Ayni daqiqalarda Ispaniya Kubogining 1/2 finali doirasidagi dastlabki o'yin bo'lib o'tmoqda, unda Madridning «Atletiko» va «Barselona» jamoalari to'qnash kelishmoqda. Xabar chiqqan vaqtda hisob maydon egalari foydasiga 4:0 ko'rinishida edi.

45+2-daqiqada hujumchi Xulian Alvares madridliklarning to'rtinchi golini urdi.

Avvalroq, ettinchi daqiqada mehmonlar himoyachisi Erik Garsiya o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygandi. 14-daqiqada hujumchi Antuan Grizmann «Atletiko»ning ustunligini mustahkamladi. 33-daqiqada esa «matraschilar» hujumchisi Ademola Lukman hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Javob uchrashuvi 3 mart kuni bo'lib o'tadi. U Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida o'tkaziladi.