"Atletik" Ispaniya chempionatining 22-turida o'z maydonida "Real Sosedad" bilan durang o'ynadi - 1:1.

Mezbonlar safida Inigo Ruis de Galarreta, mehmonlar safida Gonsalu Gedesh o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

"Atletik" ketma-ket uchta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. U Ispaniya chempionati turnir jadvalida 22 uchrashuvdan keyin 25 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. "Real Sosedad" 8 o'yindan buyon mag'lubiyatsiz seriya qayd etib, 8-o'rinda bormoqda (22 o'yindan keyin 28 ochko).