"Atletik" ustozi Valverde "Real"ga qarshi o'yin oldidan Mbappe haqida gapirdi

"Atletik" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe haqidagi savolga javob berdi.
"Mbappeni alohida e'tibor bilan kuzatishimiz kerakmi? Ha, nima bo'lganda ham. U tezkor, chaqqon, doimo gol uradi, ajoyib qobiliyatlarga ega. Ammo raqibning barcha futbolchilariga e'tiborli bo'lishimiz kerak," - dedi Valverde matbuot anjumanida.
Kilian Mbappe Ispaniya chempionati to'purarlari poygasida 14 ta o'yinda 14 ta gol urib, peshqadamlik qilmoqda.