Mauritsio Sarri «Atalanta» klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klubning rasmiy resurslari xabar bermoqda.

Italiyalik mutaxassis Raffaele Palladino ketganidan so'ng Bergamo jamoasini boshqaradigan bo'ldi.

Sarrining ushbu lavozimga tayinlanishi haqidagi xabarlar iyun oyi boshidayoq Italiya matbuotida paydo bo'lgandi va murabbiyning o'zi bu postga asosiy nomzod sifatida ko'rilayotgan edi. 67 yoshli nastavnik bungacha «Napoli», «Yuventus», «Chelsi» va «Latsio» klublarida faoliyat yuritgan. Uning yutuqlari qatorida Turin klubi bilan A Seriyadagi chempionlik va londonliklar bilan Evropa Ligasidagi g'alaba mavjud.

«Atalanta» Italiya chempionatini ettinchi o'rinda yakunladi va Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.