Italiya chempioni «Inter» yangi mavsum arafasida transfer bozoridagi ishlarini davom ettirmoqda. «Sky Sport Italia» nashrining xabar berishicha, Milan klubi himoyachi Marko Palestra borasida «Atalanta» bilan olib borilayotgan muzokaralarni vaqtincha to'xtatib qo'ydi.

«Neradzurrilar» futbolchi uchun 40 million evro va bonuslar sifatida yana 5 million evro taklif qildi, biroq Bergamo klubi kafolatlangan to'lov sifatida naqd 50 million evro talab qilmoqda. «Inter» rahbariyati o'zlari taklif qilgan summani adolatli deb hisoblamoqda, shu sababli muzokaralar hozircha boshi berk ko'chaga kirib qoldi.

Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsumda milanliklar 87 ochko jamg'argan holda A Seriyada birinchi o'rinni egallashgan edi. «Atalanta» esa 59 ochko bilan turnir jadvalining ettinchi pog'onasidan joy olgan.