«Atalanta»ning 17 yoshli himoyachisiga Angliyadan takliflar bor

«Atalanta» markaziy himoyachisi Onest Axanor Angliya Premer-ligasining bir nechta klublari qiziqishlar doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 17 yoshli futbolchi «Nyukasl», «Nottingem Forest» va «Tottenxem» klublarining transfer maqsadiga aylangan. Shuningdek, «Napoli» skautlari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Axanor 2024 yilning yozida «Genuya»dan «Atalanta»ga ko'chib o'tgan edi. Bergamoliklar safida nigeriyalik himoyachi 23 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ygan.
Axanorning «Atalanta» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.