"Atalanta" muxlislari hibsga olindi

"Atalanta"ning 19 nafar muxlisi "PSJ" muxlislari bilan yuzaga kelgan janjaldan so'ng politsiya tomonidan hibsga olindi, deya xabar beradi Le Parisien.
17 sentyabr oqshomiga belgilangan Chempionlar ligasi o'yini arafasida Parij politsiyasi hamda jamoat tartibini saqlash, yo'l harakati departamenti xodimlari tartibsizliklarga qarshi chora ko'rishdi.
"Atalanta" muxlislarining ba'zilari yuzlariga niqob kiyib, qurol olib yurishgan. Ularning hammasi hibsga olingan.