«Atalanta» Musani «Milan»dan sotib olmaydigan bo'ldi

«Atalanta» rahbariyati markaziy yarim himoyachi Yunus Musaning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Amerikalik futbolchi 2025/2026 yilgi mavsumni Bergamo klubida ijara asosida o'tkazgan edi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bergamoliklar Musaning shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirmaydigan bo'lishdi — futbolchi «Milan»ga qaytadi.
23 yoshli xavbek «Atalanta» safida barcha turnirlarda jami 27 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Raffaele Palladino boshqaruvidagi jamoa A Seriya turnir jadvalida ettinchi o'rinni egalladi. Kelasi mavsumda klub Konferentsiyalar ligasida ishtirok etadi.