"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman "Manchester Siti"ning e'tiborini tortdi.

27 yoshli futbolchi "Inter"ga o'tishi mumkin edi, ammo milanliklar bergamoliklar bilan kelishuvga erisha olishmadi.

Caught Offside xabariga ko'ra, "Manchester Siti" endi nigeriyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Forvard uzoq vaqtdan beri Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublarining maqsadlari qatorida bo'lib kelgan, ammo hozircha hech narsa aytilmagan.