"Aston Villa" xavbeki Evropa ligasidagi kutilmagan mag'lubiyatga izoh berdi

UEFA Evropa ligasi umumiy bosqichi doirasida Birmingemning "Aston Villa" klubi safarda Niderlandiyaning "Gou Exed Iglz" jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu natija haqida ingliz jamoasi xavbeki Jon Makginn fikr bildirdi.
"Biz tezkor gol kiritdik va keyin ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Bu uchrashuvda biroz omadimiz kelmadi. Ehtimol, hujum harakatlarida o'tkirlik etishmagandir. Ikkinchi bo'limda raqib o'z kuchiga ishondi. Ular ancha dadil o'ynashdi. Bu orqali jamoa uch ochko to'pladi," - deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Birmingem jamoasi hisobida 6 ochko mavjud bo'lib, Evropa Ligasi jadvalida 15-o'rinda bormoqda.