"Aston Villa" sobiq futbolchisi: "Ko'z o'ngimda jamoa parchalanib ketyapti"

"Aston Villa" sobiq futbolchisi Li Xendri Angliya chempionatining so'nggi turidagi mag'lubiyatdan so'ng sobiq jamoasidagi vaziyatdan xavotirda ekanligini bildirdi. Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun da'vogarlik qilayotgan jamoa so'nggi o'rinda borayotgan "Vulverxempton"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Aston Villa" murabbiy Unai Emeri boshchiligida APLning so'nggi 10 ta o'yinidan faqat 3 tasida g'alaba qozondi.
"O'tmishdagi yaxshi sport formasiga qaramay — hozir na xarakter, na ishonch ko'rinmayapti. Natijalar dahshatli. Hozir "Villa"ning mavsumi qil ustida turibdi... Men vahimaga tusha boshladim. Oldinda muhim o'yinlar bor va jamoa parchalanib ketishi mumkinligini ko'ryapman", — deya Xendrining so'zlaridan iqtibos keltiradi "Sky Sports".
"Bu APLning hal qiluvchi bosqichi, men esa jamoada reaktsiya ko'rmayapman — mana shu meni xavotirga solmoqda. Yaqin orada chempionlik uchun kurash haqida gapirayotgan edik, endi esa kuchli beshlikdan chiqib ketish haqida gap ketyapti. Bu falokat bo'ladi", — deb qo'shimcha qildi u.
Oldinda "Aston Villa"ni muhim bahslar kutmoqda: chempionatda "Chelsi" va "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlar, shuningdek, Evropa Ligasida "Lill" bilan ikki uchrashuvdan iborat qarama-qarshilik.