Yarim himoyachi Yoxan Manzambi "Frayburg"dan "Aston Villa"ga ko'chib o'tdi. Birmingem klubi 20 yoshli shveytsariyalik futbolchining transferi haqida hech qanday tafsilotlarni oshkor qilmadi. "Villan" hatto futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini ham aytmadi.

Yoz davomida Manzambi Jahon chempionatida yaxshi taassurot qoldirdi. Mundialda Shveytsariya terma jamoasi safida to'rtta o'yinda maydonga tushgan Yoxan uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

"Aston Villa" o'tgan mavsumda Premer-liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallagandi. Unai Emeri boshchiligidagi jamoa yangi mavsumda Angliya sharafini Chempionlar ligasida himoya qiladi.

Manba: Stadion.uz