"Aston Villa" Paketa uchun qancha taklif qilgani ma'lum bo'ldi

"Vest Xem" "Aston Villa"dan hujumkor yarim himoyachi Lukas Paketa bo'yicha taklif oldi.
"Villan" yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar braziliyalik futbolchi bilan kuchayishni istamoqda. Ingliz OAV ma'lumotiga ko'ra, Birmingem klubi Paketani 5 mln funt sterlingga (5,8 mln evro) ijaraga olmoqchi va 45 mln funtga (52 mln evro) sotib olish majburiyatini qo'shmoqchi. "Bolg'achilar" darhol sotishni afzal ko'rishadi, kelishuvga hali ham erishilmagan.
Avvalroq, shu oyda Lukas Paketa "Vest Xem"ni tark etishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 27 avgust kuni futbolchi 28 yoshga to'ldi. Joriy mavsumda u uchta o'yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.