«Aston Villa» o'z yulduzini olib qolmoqchi

«Aston Villa»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjers katta ehtimol bilan jamoada qoladi. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli xavbekning xizmatlariga Evropaning bir qator etakchi klublari, jumladan, «Chelsi», «Real», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, ingliz futbolchisi «Aston Villa»da qolishi mumkinligi aytilmoqda.
Rodjersning «sherlar» bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olganda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.