Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining boshlang'ich tarkibida maydonga tushishni to'xtatishi kerak, chunki u mazmunsiz o'yin namoyish etmoqda. Bu haqda «Aston Villa»ning sobiq hujumchisi Gabriel Agbonlaxor ma'lum qildi.

«Ronaldu boshlang'ich tarkibda maydonga tushishi kerak deb o'ylamayman. Agar u asosiy tarkibda qayd etilib, 55-60 daqiqadan keyin hech narsa o'xshamayotgan bo'lsa — uni almashtiring», — deya Agbonlaxorning so'zlarini keltiradi talkSPORT.

Portugaliyaliklarning navbatdagi raqibi birinchi o'yinda Kolumbiyaga (1:3) imkoniyatni boy bergan O'zbekiston terma jamoasi bo'ladi.

Manba: Stadion.uz