"Aston Villa" barcha turnirlarda ketma-ket 7 ta g'alabaga erishdi.

Bugun murabbiy Unai Emeri jamoasi APLning 15-turida "Arsenal" ustidan g'alaba qozondi (2:1).

Ayni paytda "Aston Villa" Premer-liga turnir jadvalida "Arsenal"dan 3 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.