«Aston Villa» «Liverpul» yarim himoyachisini ijaraga oldi

"Liverpul" xavbeki Xarvi Elliott Angliya Premer-ligasining boshqa klubiga o'tdi. 22 yoshli yarim himoyachini Birmingemning "Aston Villa" klubi o'z safiga qo'shib oldi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Tomonlar o'rtasidagi ijara shartnomasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Kelishuv muddati tugagach, "sherlar" Elliottni 35 millionga sotib olishlari mumkin bo'ladi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsumda Premer-ligada 18 ta bahsda qatnashib, o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan.